Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Yurtimiz oliygohlarida ingliz tilini o‘qitish usullari yanada rivojlanadi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashi hamkorligida 16-17 oktabr kunlari Toshkent shahrida “Oliy ta’limda va bitiruvchilarning bandligini ta’minlashda ingliz tilining o‘rni” mavzuidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro konferensiyada Buyuk Britaniyaning yetakchi ta’lim tashkilotlari vakillari bilan birga O‘zbekiston OTMlari rektorlari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov hamda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Ukraina va Turkiya ta’lim tashkilotlaridan ham tajribali mutaxassislar  ishtirok etishmoqda.

Konferensiya davomida SamDCHTI rektori I.M.Tuxtasinov o‘z nutqida  yurtimizdagi OTMlarning ta’lim sifatini xalqaro doiraga olib chiqish, xorijiy mutaxassislarni o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilish, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda ingliz tilining o‘qitilish usullarini yanada rivojlantirish, xorijlik tajribali mutaxassislar bilan tajriba almashish va uni amaliyotda joriy qilish, OTMlarga xorijlik chet tili mutaxassislarini kengroq miqiyosida jalb qilish kabilar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish