Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTI professor-o‘qituvchilari Ispaniyada taqdimot o‘tkazishdi


Joriy yilning 16-oktabrida Kastiliya La Mancha Universitetining Gumanitar fanlar fakultetida “O‘zbekiston buyuk ipak yo‘li markazida” deb nomlangan taqdimot va foto ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ushbu taqdimotda o‘qituvchilarimiz O‘tkir Burxonov hamda Lola Sharapovalar  o‘zbek tili va madaniyati, tarixi, an’analari haqida, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti va Kastiliya La Mancha Universitetlari o‘rtasida bugungi kundagi va kelgusidagi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida atroflicha taqdimotlarini namoyish etishdi. 

Bundan tashqari foto ko‘rgazma davomida rassom Husniddin Atoning o‘zbek urf-odatlari, an’analari, san’ati va xalq turmush tarziga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi taqdim etildi. 

Tashkil etilgan ko‘rgazma yakunida O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi kotibi Nabijon Kuvondikov, Kastiliya La Mancha Universiteti xalqaro aloqalari bo‘yichi prorektor Fatima Gomez Guadamiyaz, Universitetning Gumanitar fanlar fakulteti dekani Rebeca Rubio Rivera, shuningdek, Ispaniya va O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirish assotsiatsiyasi prezidenti Fernando Maragonlar so‘zga chiqishib bugungi kunda O‘zbekistondagi rivojlanish o‘zgarishlari, yangiliklari va, albatta, Kastiliya La Mancha Universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi munosabatlar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida o‘z fikr hamda takliflarini bildirishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish