Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Konsepsiyaning mazmun-mohiyati fakultet professor-o‘qituvchilariga yetkazildi


Prezident farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyaga binoan O‘zbekistonning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilangan. Bu borada Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakulteti dekani A.R.Ismoilov fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda konsepsiyaning mazmun-mohiyati va maqsadi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi.

Konsepsiyada quyidagilar nazarda tutiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;


 

  • uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;


 

  • o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;


 

  • xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;


 

  • xalq ta'limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta'minlashning samaradorligini oshirish;


 

  • yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;


 

  • davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;


 

  • yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish” kabilar to‘g‘risida barchaga ma’lum qildi.


 

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish