Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Yil talabasi – 2019” ko‘rik tanlovining g‘oliblari aniqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019-yil 15-yanvarda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi 702-sonli buyrug‘i hamda Samarqand davlat chet tillar institutining 2019-yil 5-avgustdagi 641-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yil talabasi – 2019” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra tanlov komissiyasi tomonidan  “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa  “Roman-german tillari” fakulteti 4-bosqich talabasi Fayzullayev Xurshid Ismatulla o‘g‘li, 2-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 3-bosqich talabasi Sundeyev Viktor Sergeyevich, 3-o‘ringa Miraximova Dilafruz Dilmurod qizi, “Yilning eng tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 2-bosqich talabasi Xudoyorova Farangiz, 2-o‘ringa Ingliz tili-II fakulteti talabasi Juraboyeva Gulmira Sherali qizi, 3-o‘ringa Ingliz tili-II fakulteti talabasi Aliqulova Nodira Xolmirzayevna, “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa Ingliz tili-II fakulteti talabasi Ibragimova Sitora Ilhomovna, 2-o‘ringa Ingliz tili-II fakulteti talabasi Amirova Gulnoza Xolmuminovna 3-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 2-bosqich talabasi Uralova Charos G‘anisher qizi, “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”(xotin qizlar uchun) nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa “Roman-german tillari” fakulteti 2-bosqich talabasi Ruzimurodova Zarina Dustmurod qizi, 2-o‘ringa Ingliz tili-I fakulteti talabasi Bobonazarova Anora Kaxramonovna, 3-o‘ringa Ingliz tili-I fakulteti talabasi Sobirova Nigina Jamshid qizi loyiq deb topildi va  tanlovning 1-o‘rin sovrindorlari Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Nominatsiyalar  bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy talim muassasining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanishi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari, 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish