Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi


Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusiga asosan, FVB Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi o‘qituvchilari A. Turdiqulov A.Bozorboev  va Qutqaruv otryadi xodim A. Turdiyev ishtirokida, 2019-yil 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-sonli “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Qarori, 13-oktabr “tabiiy ofatlar havfini kamaytirish kuni” hamda“Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish”, “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida qutqaruvchilik kasbi  nufizini oshirish va hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining targ‘ibotini maqsadli tashkil etish bo‘yicha” qo‘shma  rejaga asosan  belgilangan mavzuda o‘quv seminari va davra suhbatlari o‘tkazildi.

O‘quv seminari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish” sohasidagi Farmon va Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro muhofazasi sohasiga oid Qonun va Qarorlari mazmun mohiyati o‘quv seminari ishtirokchilariga tushintirildi.

Shu bilan birga, “Zilzila sodir bo‘lganda  to‘g‘ri harakat qilish qoidalari”, “Is gazidan ehtiyot bo‘ling!”, “Botulizm va ovqatdan zaharlanishni oldini olish” , “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish”, “Oliy ta’lim muassasi yotoqxonalarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish va yong‘in sodir bo‘lganda bartaraf etish qoidalari” mavzularida maruzalar qilinib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish