Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Ispaniyadan 15 ta darslik va 22 ta badiiy asarlar olib kelindi


Samarqand davlat chet tillar instituti ispan va italiyan tillari kafedrasi o‘qituvchilari Sharapova Lola va Burxonov Utkir Ispaniyaning Toledo shahridagi Kastiliya La Mancha universitetida 2 oylik stajirovkani o‘tab kelishdi. 

“Stajirovka davomida ular Kastiliya La Mancha universitetida universitet ta’lim tizimi, dars berish metodikasi, kutubxonalari, labaratoriyalar, professor-o‘qituvchilar bilan tanishishdi. Shuningdek, “Toledo uch madaniyat markazi va ispan tili” kursida va “Ispan tili va gramatikasi” kursida ishtirok etishdi. 

Universitetning Gumanitar fanlar fakultetida tashkil etilgan “O‘zbekiston buyuk ipak yo‘li markazida” konferensiyasini o‘tkazishdi. Universitet rahbariyati bilan kelgusida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, o‘zaro qo‘shma dastur asosida ta’lim berish (qo‘shma diplom) yuzasida kelishib olishdi.

Bundan tashqari o‘qituvchilarimiz 15 ta darslik va 22 ta badiiy asarlarni olib kelib, ispan tili va madaniyati markaziga topshirishdi. 

Kelasi hafta Ispaniyadan ispan tili o‘qituvchisi kelishi kutilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish