Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

9-sonli maktabga o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar sovg‘a qilindi


Joriy yilning 4-noyabr kunida Samarqand davlat chet tillar instituti iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G.Azizova Samarqand shahridagi o‘zi tahsil olgan 9-sonli maktabga tashrif buyurdi. Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar va o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda maktab o‘qituvchilari o‘rtasida seminar-trening o‘tkazdi.

Seminar-treningda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, dars mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar, pedagog kompitensiyasi, pedagogning kasb mahoratini oshirish kabilar to‘g‘risida fikr hamda takliflar almashinildi.

Seminar-trening yakunida G.Azizova o‘zi tahsil olgan 9-sonli maktab ma’muriyatiga “O‘zbekistonda chet tilini o‘qitishga oid davlat siyosati va uning ahamiyati”, “Ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatini tashkil etish” “Chet tilini o‘qitishda innovatsion metodlar”, “Pedagogik texnologiyalarning asosiy omillari” kabi 10 ga yaqin adabiyotlar hamda  o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tadqim etdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot ximzati

chop etish