Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani o’zi tahsil olgan maktabga tashrif buyurdi


Joriy yilning 28-noyabr kunida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov o‘zi tahsil olgan ta’lim dargohi – Urgut tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Umumta’lim pedagog jamoasiga ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish hamda dars jarayonlarini qiziqarli tarzda, zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Xorijiy tillarni o‘rganishda mahorat darslari tashkil etish bilan bir qatorda o‘quvchilarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlari, xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida e’tibor mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish