Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Xalqaro hamkorlik mevalari

Samarqand davlat chet tillar instituti Yevropa Ittifoqining Erasmus+ va shu kabi bir qator xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bularning barchasi institutda ta’lim sifatini oshirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ishlari ko’lamini kengaytirishga zamin yaratmoqda.

“Ingliz tili tarixi va grammatikasi” kafedrasi mudiri M.Sh.Ismatova va “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi mudiri M.M.Oblokulovalar Erasmus+ dasturining “K107 Teaching Mobility Exchange Program” loyihasi doirasida Turkiyaning Hajeteppe Universitetiga malaka oshirishga yuborildi. Xorijiy safardan ko’zlangan maqsad ingliz tilini o’qitish bo’yicha tajriba almashish hamda Turkiya oliy ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishishdir.

Jumladan, SamDCHTI vakillari M.Sh.Ismatova va M.M.Oblokulovalar Hajeteppe Universiteti chet tillar fakulteti direktori janob Rejeb O’zbay hamda ingliz tili bo’limi boshlig’i Ilksen Buyukdurmuz xonim bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, kelgusida ingliz va turk tillarini o‘qitishni takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish borasida fikr hamda takliflar almashinildi. Shuningdek, M.Sh.Ismatova “Festivals Around the World”, “Climates Changes”, M.M.Oblokulova esa “Uzbekistan is Home to Culture” mavzularida seminar-treninglar tashkil etishdi. Ayniqsa, SamDCHTI haqidagi taqdimot talabalar va o’qituvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Xorijiy safar davomida SamDCHTI vakillari Turkiyaning Eskisheher shahrida o’tkaziladigan TESOL-2019 xalqaro konferensiyaga qatnashishi rejalashtirilgan.

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish