Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi


“QVZ menga do‘st berdi”

Joriy yilning 29-noyabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining fakultet kubogi o‘tkazildi.

Tanlovda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar jamoasi hamda QVZ hay’at a’zolari  ishtirok etdilar. Tanlov davomida fakultetdagi mavjud ta'lim yo‘nalishlari talabalaridan tashkil topgan QVZ jamoalari o‘zlarining qiziqarli sahna ko‘rinishlarini ommaga mohirona tarzda namoyish etdilar.

“Quvnoqlar va zukkolar” fakultet kubogida faol ishtirok etgan, sahna ortida faol ravishda yordam bergan talabalar hamda bir nechta nominatsiyalar sohib va sohibalari esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan tanlov yakunida taqdirlanishdi. 

Shuningdek, tanlov natijalariga ko‘ra 3-o‘ringa xitoy tili ta’lim yo‘nalishining “IDEAL” jamoasi 13.5 ball bilan, 2-o‘ringa koreys tili ta’lim yo‘nalishining “IMPERIYA” jamoasi 13.9 ball bilan, 1-o‘ringa arab tili ta’lim yo‘nalishining “TARNADO” jamoasi 14.8 ball bilan munosib deb topildi hamda 1-o‘rinni olgan jamoa “Kubok”ni qo‘lga kiritdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish