Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDCHTIda faoliyat ko‘rsatayotgan 23 nafar xorijlik mutaxassislarning davra suhbati tashkil etiladi


Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy OTMlar bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini davom etkazib kelmoqda, shuningdek, hozirda institutda 23 nafar xorijlik mutaxassislar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular qatorida fransiyalik fransuz tili mutaxassislari Geneviena Messainguiral hamda Miriam Fopianilar ham bor.

SamDCHTI hozirgi vaqtda  Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Fransiyaning Quyi Normandiya Kan universiteti, Parij akademiyasi, Serji Pontuaz universiteti, O‘qituvchi va professorlar oliy maktabi hamda Sorbon universitetlari bilan fan, ta’lim, ilmiy tadqiqot sohalaridagi yaqin hamkorlik aloqalarini amalga oshirmoqda.

Institut rektori joriy yilning 30-noyabr kunida fransuz tili mutaxassislari Geneviena Messainguiral hamda Miriam Fopianilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borish va endilikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashishdi. 

Uchrashuv yakunida institutda faoliyat ko‘rsatayotgan 23 nafar xorijlik mutaxassislarning davra suhbatini tashkil etishga kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish