Ingliz tili-II fakulteti Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Nargiza Kushatova rahbarligida kafedrada faoliyat olib borayotgan "Reading Club" nomli ilmiy to'garakning navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi.
Ushbu mashg'ulotda yozuvchi Luisa May Alcott qalamiga mansub "Little women" nomli asarning mazmun-mohiyati o'rganildi. "Little women" nomli asar jahon adabiyoti durdonalaridan biri hisoblanib, mazkur asardan parchalar talabalar tomonidan mutolaa qilindi. Asarda keltirilgan vaziyatlar va obrazlar to'g'risida savol-javoblar amalga oshirildi, asarning kulminatsion nuqtalari haqida qizg‘in munozaralar olib borildi.
Mashg'ulot yakunida ushbu asar asosida tayyorlangan kinofilm ilmiy to'garak a'zolariga namoyish etildi. Talabalar ishtirokida bo'lib o'tgan mazkur ilmiy to'garak mashg'uloti, bahs-munozara va savol-javob tariqasida bo'lib o'tdi va talabalarning asarga bo'lgan qiziqishi yanada ortdi.
SamDCHTI matbuot xizmati