Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Janubiy Koreyaning Choson universiteti bilan 2+2 dasturi amalga oshiriladi


Janubiy Koreyaning Choson universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. Delegatsiya ishtirokchilari tashqi jamoatchilik aloqalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari janob Hyo Sul Zang hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha menejer janob Im Byung Choon bo‘lishdi.

Tashrif davomida institut rahbariyati vakillari o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor F.Ro‘ziqulov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘zaro qo‘shma ta’lim dasturlari, jumladan, 2+2 shaklidagi dasturlarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Ushbu universitet vakillari 2019-yilning iyun oyida Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurgan va o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish