Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Xalqaro missiyalar vakillari SamDCHTIda tashkil etilgan 63-saylov uchastkasidagi saylov jarayonlarida


Samarqandda bo'lib o‘tgan saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchilar ham faol qatnashishdi. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida joylashgan 63-saylov uchastkasidagi saylov jarayonlarini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi missiyasi vakillari kuzatishdi.

“Saylovlar ochiqlik, adolat tamoyillariga mos o‘tmoqda, – deydi missiyaning qozog‘istonlik vakili Madina Abiyeva. –  Kuzatuvlarimiz davomida biror-bir holatda qonun buzilish holatlarini kuzatmadik. Demak, saylovga yangicha yondashuv amalda o‘z isbotini topmoqda. Saylovchilarning faolligi buning yorqin isbotidir”.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylovlarda samarqandlik yoshlar ham o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishdilar. E’tiborlisi, viloyatdagi 1052 saylov uchastkasida 200 ming nafardan ortiq yoshlar ilk bor mamlakat hayotidagi muhim siyosiy jarayonda qatnashishdilar. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan 63-saylov uchastkasida "Mustaqillik" va "Ko‘ksaroy" mahallalarida yashovchi 114 nafar yoshlar saylovda birinchi marta ovoz berishdi.

“Saylovda ovoz berish ancha mas’uliyat talab qilarkan, - deydi "Mustaqillik" mahallasida yashovchi Malohat Sobirova. – Mening ovozim yurtimiz kelajagini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini o‘ylab, nomzod tanlashda biroz qiynaldim. Chunki har bir nomzod o‘z dasturida muhim masalalarni ko‘targan. Ular orasidan o‘z nomzodlarimni yoqlab ovoz berdim. O‘ylaymanki, mening siyosiy jarayondagi ilk tanlovim ona Vatanimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi”.

Samarqand viloyatidagi "Samarqand" gazetasi muhbirlarining O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodovdan olgan intervyusi:

 “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilayotgan saylovlar haqiqatdan ham mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlarni o‘zida ifodalamoqda. Erta tongdan yurtdoshlarimiz o‘z nomzodlariga ovoz berib, yurt kelajagiga befarq emasligini ko‘rsatmoqda. Biz avvallari saylov jarayonlarida bir oiladan bir kishi kelib ovoz berish holatlariga guvoh bo‘lar edik. Bugun yangicha saylovning guvohi bo‘layapmiz. Fuqarolarimiz o‘z huquqlari, burchlarini to‘la anglagan holda har biri saylovda ishtirok etgan holda o‘z nomzodini yoqlab ovoz bermoqda. Albatta, saylovdan maqsad eng munosiblarni tanlash. Men ham o‘zim munosib deb bilgan nomzodlarni qo‘llab ovoz berdim. O‘ylaymanki, deputatlikka saylangan nomzodlar o‘z faoliyatlari davomida xalq vakili sifatida yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishi, ona Vatanimizning yanada taraqqiy etishiga munosib xizmat qiladi”.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati 

chop etish