Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

SamDCHTI o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Fazliddin Ro'ziqulov barchangizni yangi yil bayrami bilan tabriklaydi


Assalomu alaykum, muhtaram hamkasblar, mana shu hayajonli, fayzli damlarda yurtimizga  2020-yil kirib kelmoqda. Siz, azizlarni, ko‘p millatli xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga ulug‘ boylik bo‘lgan oilaviy baxt va salomatlik tilayman.

2019-yilda institutimizda ko‘plab sohalarda jamoamizning fidokorona mehnati evaziga katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xorijiy davlatlar oliygohlari bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik yanada kuchaytirildi. Samarqand davlat chet tillar institutining xalqaro nufuzini oshirish uchun salmoqli ishlar qilindi.

Shuningdek, oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun maqsadli qabul amalga oshirildi;

  • talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan asosiy e’tibor qaratish maqsadida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilmoqda;
  • o‘quv rejalarida mavjud fanlar bo‘yicha 25 ta videodarslar ishlab chiqildi;
  • o‘qitiladigan mavjud fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarining 80 foizi elektron ko‘rinishga o‘tkazildi;
  • ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarda  mutaxassislik kafedralaridan 10 tasining filiallari tashkil etilib, dars jarayonlari yo‘lga qo‘yildi;
  • takomillashtirilgan fan dasturlari asosida ehtiyojdan kelib chiqib, 6 nomdagi yangi o‘quv adabiyotlari (shu jumladan, 2 ta darslik va 4 ta o‘quv qo‘llanma) yaratildi;
  • institut tasarrufidagi akademik litsey biitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatgichi 40 foizdan 51 foizga oshdi.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘tayotgan yil institutimiz tarixida yorqin iz qoldirgan yil bo‘ldi. Shu bois eski yilimizni shukronalik va rozilik bilan kuzatmoqdamiz.

Azizlarim, qadrdonlarim! Xalqimizning barcha orzu-niyatlari ushalsin! Farzandlarimiz, nabiralarimizning baxt-u kamolini ko‘raylik! Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin! 2020-yilning qadami qutlug‘ kelsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
 

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish