Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTIda sinxron tarjimashunoslik faoliyati yanada rivojlanadi


Joriy yilning 6-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Angliyaning London Metropoliten Universiteti va University College London (UCL) professori Aleks Krouglov tashrif buyurganligi tog‘risida sal oldin xabar bergan edik. Hozirda batafsilroq gapirib o‘tamiz.

Tashrif buyurgan angliyalik mehmon Aleks Krouglov bilan institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida 2019-yilda magistratura ta’lim bosqichida tashkil etilgan “Sinxron tarjima” yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning malakasini oshrishga e’tibor qaratish, professor Aleks Krouglovning endilikda amaliy tarjima kurslarini o‘tib borishi va mazkur kurslar keyinchalik vebinar shaklida davom etishi, institutda amaliy tarjimashunoslik faoliyatini yanada rivojlantirish hamda bu borada hamkorlik aloqalarini bardavom bo‘lishiga kelishib olindi.

Shuningdek, London Metropoliten Universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorlikda boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi tog‘risida muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv so‘ngida professor Aleks Krouglov hamkorlik munosabatlari mustahkam davom ettirilishidan mamnun ekanligini bildirdi. Institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov o‘zining o‘zbek tilidan ingliz tiliga bevosita tarjima qilgan asarlari bilan tanishtirdi va tarjima romanlaridan birini professorga tuhfa qildi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish