Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Korrupsiyaga qarshi har kim va har doim kurashishi lozim


 
Joriy yilning 7-yanvar sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zR Ta’lim inspeksiyasi hamda institut rahbariyati vakillari, shuningdek, institut talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi har kim va har doim kurashishi lozim” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
 
Davra suhbati davomida mutasaddi vakillar tomonidan mazkur illatning jamiyatga, taraqqiyotga va xavfsizlikka katta tahdid ekanligi va buni har bir ongli inson chuqur anglashi lozimligi, jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illat ekanligi, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining buzulishiga olib kelishi, insonlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishining oldini olish lozimligi kabilar tog‘risida gapirib o‘tildi.
 
Suhbat so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga uchrashuvning tashkilotchi tashabbuskor vakillaridan atroflicha javoblarga ega bo‘lishdi.
 
 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati 

chop etish