Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Nomdor davlat stipendiyalarga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?


Samarqand davlat chet tillar instituti iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tashabbusida faol, iqtidorli hamda nomdor stipendiyalari sohiblari ishtirokida uchrashuv  tashkil etildi. Bu haqda ikki kun oldin ham xabar berib o‘tgan edik.

Tashkil etilgan uchrashuv doirasida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev, iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G.Azizova hamda besh nafar nomdor stipendiyant talabalar tomonidan ilmiy maqolalar va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish sirlari, nomdor stipendiyalarga qanday ega bo‘lish yo‘llari, innovatsion loyihalarni tuzish ishlari, OAK ro‘yxatidan o‘tgan xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, nomdor stipendiyalarni olishda va uning uchun harakat qilishda qo‘yiladigan talablar kabi masalalar yuzasidan tavsiya hamda maslahatlar berib o‘tishdilar.

Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar, stipendiyantlardan atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishdilar va uchrashuvda ishtirok etgan har bir ishtirokchi maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Qisqacha:

Qanday hujjatlar topshirish kerak?

  • talaba dastlabki ko‘rib chiqish uchun OTM ilmiy kengashiga quyidagilarni topshiradi:
  • sinov daftarchasidan ko‘chirma;
  • dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
  • ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
  •  rahbarning fikr-mulohazalari;
  •  ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
  •  ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.
     

Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir to‘plami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.
 

Qachon ko‘rib chiqiladi?

 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati 1–15 avgust, ko‘rib chiqish muddati 10 – 25 sentabr.

Qanday nomli davlat stipendiyalari bor?
 
O‘zbekistonda 5 xil nomdagi davlat stipendiyalari bor. Bular:
Beruniy;
Ibn Sino;
Navoiy;
Ulug‘bek;
Imom al-Buxoriy.


Necha nafar talabaga stipendiya beriladi?
Nomli davlat stipendiyalari jami 141 nafar talabaga berilgan.
Shundan:
№ Stipendiya nomi Ajratilgan kvota soni
1 Navoiy                        55
2 Beruniy                           45
3 Ulug‘bek                        10
4 Ibn Sino                         8
5 Imom al-Buxoriy         3
 

 Qaysi kurs talabalariga beriladi?
 

Nomli davlat stipendiyalari bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi. Masalan, 4 yillik o‘qishda 3-4 kurslar, 7 yillik o‘qishlarda esa 6-7 kurs talabalariga tayinlanadi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

 

chop etish