Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xodimlari taktik mashg‘ulotlar o‘tkazishdi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2019-yil 12-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2018-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2019-yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 24-yanvardagi 1 XFU-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2019-yildagi asosiy chora-tadbirlar rejasi, Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2019-yil 29-yanvardagi № 2/11-150-sonli xati hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2019-yil 31-yanvardagi № 91-sonli buyrug‘ining ijrosini bajarish bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda davlat tizimi faoliyatini takomillashtirish, institutdagi rahbar, xodimlar, shuningdek, talabalarni favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha institutda 2020-yil 9-yanvar kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xodimlari va qutqaruv otryadi taktik mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalardan 1895 nafari ishtirok etishdi.
 

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish