Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDCHTIda amaliy tarjima sohasi yanada rivojlanadi


Angliyaning London Metropoliten Universiteti University College London (UCL) professori Aleks Krouglov boshchiligida Samarqand davlat chet tillar institutida professor-o‘qituvchilar hamda institut talabalari ishtirokida bir xafta davomida “Sinxron tarjima mahoratini oshirish (ingliz tili)” mavzusida amaliy sinxron tarjima kurslari tashkil etildi.

Jumladan, mazkur kursda O‘zDJTU va O‘zbek tili va adabiyoti universitetlari professor-o‘qituvchilarining ishtirok etishiga imkoniyat yaratildi. Ya’ni amaliy sinxron tarjima kurslari vebinar shaklida o‘tildi.

Jarayon davomida sinxron tarjima sirlari, SamDCHTIda amaliy sinxron tarjimashunoslik faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, bu borada o‘qituvchilar hamda talabalarning malakasini yanada oshirish, tarjima davomida bevosita so‘z qo‘llash san’atini mukammallashtirish kabilar to‘g‘risida fikr hamda mulohazalar olib borildi.

“Men SamDCHTIda tahsil oluvchi talabalarning amaliy tarjima sohasida bu qadar mahoratli ekanliklaridan juda mamnun bo‘ldim. O‘ylaganimdan ham ko‘ra yuqori ekan, aniqrog‘i talabalar ko‘p marotaba sinovlarda toblanganligi nutqlaridan sezilib turadi. O‘tgan bir xafta davomida men nafaqat institut bilan, balki qadimiy Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishdim va buning uchun barcha tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, – deb o‘z xursanchiliklarini izhor etdi angliyalik professor Aleks Krouglov.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

chop etish