Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Fan doktori bo'lish uchun nima qilish kerak?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.T.Yusupov Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.
 
Tashrif doirasida Samarqand viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va Ilmiy tekshirish institutlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov boshchiligida olib borildi.
 
Yig‘ilishda OAK raisi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqida gapirib o‘tildi.  
 
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga professor  A.T.Yusupov atroflicha javob berdi. Uchrashuv qizg‘in muhokama va munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Jumladan, ilmiy ishlar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, doktorlik ishlari to‘g‘risida batafsil fikr hamda takliflar almashinildi.
 

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

chop etish