Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SIZGA TAHSIN VATAN POSBONLARI


Har yurtning eri, sheri bo‘lgaydir,

Bunday ishda yigitlar qalqon turgaydir.

Siz borsizki, murg‘ak farzand kulgaydir,

Sizga tahsin Vatan posbonlari.

Vatanim g‘ururi, sharaf shonlari.

 

Oringiz, shaningiz bir butun bo‘lib,

Har nedan kechasiz jism-u joningiz to‘lib.

Shu zamin tuprog‘in ko‘zlarga surtib,

Sizga tahsin Vatan posbonlari.

Vatanim g‘ururi, sharaf shonlari.

 

Kelajak ertasin iqbolin ko‘zlab,

Siz yuribsiz kechalar tinchligin o‘ylab.

Yigitlik nomini doimo oqlab,

Sizga tahsin Vatan posbonlari.

Vatanim g‘ururi, sharaf shonlari.

 

Sizga havasla boqadi ko‘zlar,

Shijoatingiz ko‘rib quvnaydi dillar.

Sizga zarur emas bu maqtov so‘zlar,

Sizga tahsin Vatan posbonlari.

Vatanim g‘ururi, sharaf shonlari.

 

Ulug‘vor maqsadlar yo‘li bo‘lgaydir,

Shu aziz kunlarning fayzi to‘lgaydir.

Yigitlar elning kori bo‘lgaydir,

Sizga tahsin Vatan posbonlari.

Vatanim g‘ururi, sharaf shonlari.

_____________
Ingliz tili-II fakulteti 2.13 (o‘zb) guruh talabasi Sh.Abdukarimova

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

chop etish