Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Vatan himoyachilari, bayramingiz muborak bo‘lsin!


“Milliy armiyamiz mustaqilligimizning,   tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir”

                                                  Islom Karimov

1993-yilning 29-dekabrida 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilindi. Ma'lumki, Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohatlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli hodisalarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta'minlangan milliy armiyamiz shakllantirildi.    

“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Samarqand viloyatidagi O‘zR Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida O‘zR Qurolli Kuchlarining tashkil topganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan “Vatanparvarlik milliy yuksalish kafolati” shiori ostida tantanali konsert dasturi tashkil etildi. Dastur jarayonida Samarqand davlat chet tillar institutining faol hamda iqtitorli talabalari, shuningdek, 4-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.

Jarayon doirasida SamDCHTI talabalari tomonidan milliy raqslar hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Konsert dasturining tashkil etilishda yaqindan tashabbus ko‘rsatganligi uchun SamDCHTI rektori I.Tuxtasinov O‘zR Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi qo‘mondoni  A.Djabbarov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi (tashakkurnoma va minnatdorchilik nutqlari yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Sh.Suyunov tomonidan institut rektoriga yetkazildi). Jumladan, institut jamoasiga cheksiz xursandchiligini, minnatdorchiligini  bildirib o‘tdi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish