Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Samarqand davlat chet tillar institutida “Vatan himoyachilari kuni” tantanali ravishda nishonlandi


Joriy yilning 14-yanvar kunida Samarqand davlat chet tillar institutida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tashabbusida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” mavzusida tantanali katta tadbir tashkil etildi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barchani bugungi bayram bilan chin dildan samimiy tabrikladi. Bayram tadbiri doirasida “Afg‘on urushi” qatnashchilari institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, tadbir davomida institut talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, harbiylarga atalgan qo‘shiqlar va milliy raqslar ijro etildi.

Bayram munosabati bilan 13-yanvar kuni o‘tkazilgan “Mard o‘g‘lon” sport musobaqasida faol ishtirok etgan va faxrli o‘rinlarga munosib deb topilgan talaba yigitlar maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Bayram shukuhi yurtimiz bo‘ylab keng miqiyosida nishonlanayotgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham bu jarayon ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Jumladan, Roman-german tillari fakultetida “Vatanni mardlar qo‘riqlaydi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, talabalar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga manzur bo‘lishdi.

 

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish