Bosh sahifa Institut Kafedralar

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI


Lutfillayev Maxmud Xasanovich 1953-yil tug’ilgan. 1971-1976-yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. 1982-1985 yillarda Moskva Davlat Universiteti aspirant. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri professori, pedagogika fanlari doktori. So’ngi 3 yil davomida ishtirok etgan konferensiyalari soni respubilikada 100 ta, xalqaro jurnallarda 40 tani tashkil qiladi.

 

 

 

Eshonqulov Dulan Tugalovich 1958-yilda tug’ilgan. 1976-1981 yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomizodi. So’ngi 3 yil davomida ishtirok etgan konferensiyalari soni respubilikada 0 ta, xalqaro jurnallarda 0 tani tashkil qiladi.

D.T.Eshonqulovning «Долгосрочное прогнозирование социально-экономического развития аграрного сектора СССР» mavzusida Sovet sotsialistik respublikalar ittifoqi fanlar akademiyasi kibernetika institutida nomizodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 

 

 

Burnashev Rinat Faritovich 1982-yilda tug’ilgan. 1999-2003 yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi. So’ngi 3 yil davomida ishtirok etgan konferensiyalari soni respubilikada 3 ta, xalqaro jurnallarda 20 tani tashkil qiladi.

 

 

 

Burnasheva Farida Sadikovna 1956-yilda tug’ilgan. 1973-1978 yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi assistent-o‘qituvchisi. So’ngi 3 yil davomida ishtirok etgan konferensiyalari soni respubilikada 8 ta, xalqaro jurnallarda 19 tani tashkil qiladi.

 

 

 

 

Anarbaeva Fotima Urazalievna 1977-yilda tug’ilgan. 1994-1999 yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi assistent-o‘qituvchisi.

F.U.Anarbayeva «Ochiq kodli platformalar asosida e-learning boshqaruv tizimining algoritmik va metodik asoslarini yaratish» mavzusida mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Mavzuning dolizarbligi. Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o’sib borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuni e’tiborga olgan holda ochiq kodli platformalar asosida e-learning boshqaruv tizimining algoritmik va metodologik asoslarini yaratish muhim omil hisoblanadi.

 

Djabbarova Habiba Quvondiqovna 1972-yilda tug’ilgan. 1991-1996 yilda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi assistent-o‘qituvchisi. So’ngi 3 yil davomida ishtirok etgan konferensiyalari soni respubilikada 3 ta, xalqaro jurnallarda 8 tani tashkil qiladi.

 

 

 

 

Qorayev Abduvafo Fozliddinovich 1974-yilda tug’ilgan. 1991-1996 yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi assistent-o‘qituvchisi.

A.F.Qorayevning «Nopedagogik ta’lim moassasalari bitiruvchilarining kasbiy layoqatini dasturiy ta’minot asosida kvalametrik baholash» mavzusida mustaqil ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Mavzuning dolizarbligi. Mamlakatimizda so’ngi yillarda axborot xizmatini tashkil etishga bo’lgan ehtiyojning shiddat bilan o’sishi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish va uni axborot xizmati kontekstida takomillashtirishni taqazo etadi. Chunki, ta’lim muassasalarida yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalana oladigan, axborot-komunikatsiya xizmatlaridan xabardor, o’z sohasiga oid chuqur bilimga ega, kasbiy kompetentli, mas’ulyatli, tashabbuskor va talabchan, o’zini-o’zi rivojlantiruvchi rahbar va pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj bozor munosabatlari sharoitida oshib bormoqda.

 

Nurmatov G'ayrat Mustofaqulovich 1985 yil tug’ilgan.

2004-2008 yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi bo’lgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi assistent-o‘qituvchisi.

G.M.Nurmatovning «Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining prognostik kompetensiyalarini dasturiy ta’minot asosida tahlil qilish» mavzusida mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Mavzuning dolizarbligi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining prognostik kompetentligini takomillashtirish borasida dunyo va respublikamizda olib borilayotgan tadqiqotlar ko’rsatishicha, bugungi kunda o’qituvchining innovasion faoliyatini tashkil etish, pedagogik jarayonni boshqarish, pedagogik jarayondagi xorij tajribalarini o’rganish, ularni yangicha izohlash masalalarini tadqiq etish, uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’lim mazmunini umumevropa xalqaro standartlari asosida tashkil etish, mutaxassislarning umummadaniy, maxsus, kasbiy va shaxsiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan masalalar alohida dolzarblik va ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan, bugungi kunda boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining prognostik kompetensiyalarini dasturiy ta’minot asosida tahlil qilish pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

Hozirgi kundagacha chet el va xalqaro konferensiyalarda 3 ta maqola, Respubilika ilmiy-amaliy konfrensiyalarida 16 ta tezislar chop etgan va OAK julnalida maqolalari yo’q.

Fayziyev Nozim Asfandiyorovich 1987-yilda tug’ilgan. 2008-2012 yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. 2012-2014 yillarda Samarqand Davlat Universiteti magistranti. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi.

N.A.Fayziyevning «Umumta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanini o’qitishni multimediali elektron qo’llanmalar asosida takomillashtirish metodikasi» mavzusida mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Annotatsiya. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati axborot texnologiyalari dasturiy vositalari, ma’lumotlarning axborot bazalari, multimedia asosida ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimini axborot tarmog’i bilan ta’minlash asosida jahon andozalariga mos keladigan kadrlar tayyorlash masalalariga e’tiborni susaytirmay kelmoqda. Uzluksiz ta’limga o’tish sharoitida ta’lim muassasalarining bu sohadagi asosiy vazifalarini aniqlab, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Kompyuterlash tizimini yanada rivojlantirish va axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlar to’g’risida»dagi qarorida pedagogika fani va amaliyoti oldiga «o’rta va oliy ta’limning ta’lim standartlariga muvofiq ravishda elektron o’qitish bazasini yaratish, ta’lim muassasalarining axborot infratuzilmasini shakllantirish, barcha o’quv muassasalarida ingliz tilini chuqur o’rganish, shuningdek, respublika axborot tarmog’ida lotin alifbosiga asoslangan o’zbek tilidan foydalanishning standartlashtirilgan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish dasturiy chora-tadbirlar»ni ishlab chiqish yuklatilgan. Biroq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikasion texnologiyalarni joriy etish to’g’risida»gi PF-3080-sonli farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 8-iyunda «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturi to’g’risida»gi qarorida juda to’g’ri ta’kidlanganidek, uzluksiz ta’lim tizimida, shu jumladan, oliy o’quv yurtida ta’lim jarayonini tashkil etishning hozirgi holati bugungi kunning tez o’sib boruvchi talablariga to’liq javob bermaydi.

So’ngi 3 yil davomida ishtirok etgan konferensiyalari soni respubilikada 2 ta, xalqaro jurnallarda yo’q tashkil qiladi.

Amrillayev Husniddin Ashrab o'g'li 1991-yilda tug’ilgan. 2010-2014 yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. 2016-2018 yillarda Samarqand Davlat Universiteti magistranti. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi.

H.A.Amirullayevning «Xorijiy tillar yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilim va malakalarini kompyuter imitasion modellar asosida rivojlantirish texnologiyalari» mavzusida mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Mavzuning dolizarbligi. Chet tillarni axborot-kommunikasion texnologiyalar asosida o’qitish samaradorligini oshirish masalalari xorijlik olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan: A.A. Verbiskogo, Ye.I. Mashbis, R.Oksford, T.Riiveslarni keltirish mumkin. Ularning fikricha o’rgatuvchi dasturiy vositalarning o’quv jarayoniga qo’llash metodikasi mukammallashtirilmagan. Bundan ko’rinib turibdiki, muxandis-pedagog kadrlarni yetishmasligi tufayli axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari asosida o’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish dolzarb muammolardan hisoblanmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish, unda obrazli fikrlash, intelluktual rivojlanish darajasini yuqoriga ko’tarib qolmasdan, obrazli va an’anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga olib keladi. Bunday o’qitish an’anaviy metodikaga nisbatan inson intellekti rivojlanishining yangi shaxobchasiga mos keladigan obrazli ko’rinishda ma’lumotlarni taqdim etish, muloqot tillari bilan bog’liq muammolarni yechish va shu bilan bir qatorda jahondagi kommunikasion jarayonlarning rivojlanishiga olib keladi.

So’ngi 3 yil davomida ishtirok etgan konferensiyalari soni respubilikada ta, xalqaro jurnallarda tani tashkil qiladi.

 

Malikov Ruslan Raufovich 1987-yilda tug’ilgan. 2011-2015 yillarda Samarqand Davlat Universiteti talabasi. 2015-2017 yillarda Samarqand Davlat Universiteti magistranti. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot texnologiyalari kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi. So’ngi 3 yil davomida ishtirok etgan konferensiyalari soni respubilikada 3 ta, xalqaro jurnallarda 1 tani tashkil qiladi.

 

M.X.Lutfillayev, D.T.Eshonqulov, F.S.Burnasheva, R.F.Burnashevlar tomonidan Informatika va axborot texnologiyalar fanini o‘rganish bo‘yicha elektron darslik va multimediali o‘quv kurslari yaratilib, Davlat patent idorasi tomonidan mualliflik guvohnomalari olingan.

 

chop etish