Bosh sahifa Institut Kafedralar

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI TARIXI


Axborot texnologiyalari kafedrasi 1999-yilda tashkil etilgan. Kafedra 1999-2007 yillarda “Informatika va o’quv jarayonini avtomatlashtirish” kafedrasi, 2007-2012 yillarda “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi, 2012-2015 yillarda “Informatika” kafedrasi, 2015 yildan buyon “Axborot texnologiyalari” kafedrasi deb yuritiliadi.

Kafedraga 1999-2007 va 2009-2013 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Eshonqulov Dulan Tugalovich, 2007-2009 yillarda kimyo fanlari nomzodi. Seit-Enon Madina Abxairovna, 2013-2017 yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi Amonov Adham Kamolovich rahbarlik qilgan. 2017-2018 yillarda iqtisodiyot fanlari nomizodi Eshonqulov Dulan Tugalovich rahbarlik qilgan. 2018 yil 2-dekabrdan boshlab kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor Lutfillayev Maxmud Xasanovich rahbarlik qilmoqda

Hozirgi vaqtda kafedrada fan doktori (Lutfillayev M.X.), fan nomzodi (Eshonqulov D.T.), katta o‘qituvchi (Burnashev R.F.), 5 ta assistent (Burnasheva F.S., Anarbaeva F.U., Jabbarova X.Q., Qoraev A.F., Nurmatov G‘.M.), 6 ta stajyor-o'qituvchi (Ashurov F.U., Fayziyev N.A., Amrillayev H.A., Malikov R.R., Xasanov Sh), kabinet mudiri (Nasimova U.L.) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi — “Innovasion texnololgiyalar asosida Xorijiy tillarni o’qitish

Kafedrada Bakalavriatda («Axborot texnologiyalari», «Til ta'limida AKT», «Innovatsion texnologiyalar asosida onlayn kurslar yaratish») o‘qitiladigan fanlari bo‘yicha namunaviy fan dasturlar asosida ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan.

Kafedrada o’qitilayotgan barcha fanlardan o’quv-uslubiy majmualar yangi talablar asosida yaratilgan. Amaliy mashg’ulotlarini olib borish uchun uslubiy ko’rsatmalar va tarqatma materiallar ishlab chiqilmoqda.

Ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy darajaga va yetarlicha pedagogik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarga taqsimlanishiga jiddiy e’tibor berilgan.

Kafedrada har bir o‘qituvchining sust o‘zlashtirayotgan talabalar bilan ishlash va qayta topshirish jadvali, reyting nazoratlarni qayta topshirish jadvallari tuzilgan va ishlar jadval asosida olib boriladi.

chop etish