Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDCHTIda yana bir xorijlik mutaxassis o‘z faoliyatini boshladi


Xorijiy tajribalarni institut ta’lim tizimida joriy etish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning bilim salohiyatini oshirish maqsadsadida Samarqand davlat chet tillar institutida 25 nafardan ortiq xorijlik mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Fransiyalik farnsuz tili mutaxassisi Messainguiral Genevieve xonim institutning Roman-german tillari fakultetida 6 oy davomida talabalarga fransuz tilidan dars berib, o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli tamomladi va endilikda uning o‘rniga fransuz tili dars mashg‘ulotlarini Turkiyaning Istanbul universiteti fransuz tili o‘qituvchisi Lavoisier Lusie xonim davom ettiradi.

Institut rektori I.M.Tuxtasinov Lavoisier Lusie xonimni xursandchilik bilan kutib oldi va o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr hamda takliflar almashinildi.  

“Samarqand shahriga kelish aslida mening azaliy orzularimdan biri edi va nihoyat bunga erishdim desam ham bo‘ladi. Institut professorlari, jumladan, talabalari bilan ishlashda faqat oldinga qarab qadam bosamiz va ko‘plab yutuqlarga erishamiz”, – deya qat’iy shijoatli fikrlarini bildirib o‘tdi Lavoisier Lusie xonim.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish