Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTIda turk tili yo‘nalishi ochiladi


Turkiyaning YTB hamkorlik tashkiloti vakillari bo‘lmish Daire Bashkani va Sevilay Yildirimlar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi hamda institut rahbariyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv doirasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bilan birga turk tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishini ochish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, bakalavr va magistratura ta’lim boshqichlarida 2+2 hamda 1+1 qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, Turkiya nufuzli oliy ta’lim muassasalarining yetuk turk tili mutaxassislarini SamDCHTIda faoliyat olib borishga jalb etish hamda ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish kabilar to‘g‘risida muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari institut talabalari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida “Turkiya grantlari” xalqaro talaba va ilmiy tadqiqotchgilarga Turkiyaning eng nufuzli oliygohlarida grant asosida ta’lim olish va tadqiqot olib borish imkonini taqdim etadigan keng qamrovli dastur hisoblanishi, grantlar bakalavriat, magistratura, doktorantura ta’lim bosqichlariga mo‘ljallanganligi, bir marta qilingan murojaat asosida stipendiya bilan bir qatorda universitet va ta’lim yo‘nalishlariga joylashtirilishi to‘g‘risida gapirib o‘tishdi.

“Turkiya grantlari” kasb-hunar kollejlari, litsey va oliygohlarning faqat bitiruvchi kurs ta’alabalari uchun amal qilishi, ushbu grant asosida tahsil oluvchi talabalarga 800 TL, magistrantlarga 1100 TL, doktorantlarga 1600 TL, ilmiy tadqiqotchilarga 3000 TL har oy davomida stipendiya to‘lanishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

“Turkiya grantlari”da tahsil olish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish va murojaat qilish uchun:

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish