Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Yosh o'qituvchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish ishlari olib borilmoqda


Institut rektorining 2020-yil 20-yanvarda chiqarilgan "Institutda ilmiy-fan va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish to'g'risida"gi 53-sonli buyrug'ining ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yilning 4, 6 va 7-fevral kunlari Ingliz tili-II fakulteti professor-o'qituvchilari uchun institut professori N.Z.Nasrullayeva tomonidan ilmiy seminarlar olib borildi.

Ilmiy seminar mavzusi "Ilmiy tadqiqot ishining asosiy bosqichlari" deb nomlanib, ilmiy ish ustida olib boriladigan asosiy bosqichlar va muhim jihatlari to'g'risida ma'lumotlar berildi. Ushbu ilmiy seminar savol-javoblarga boy tarzda sermazmun davom etdi. Mazkur ilmiy seminarlarni o'tkazishdan maqsad fakultetda faoliyat olib borayotgan yosh o'qituvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo'naltirish, ilmiy salohiyatini oshirish kabi mezonlarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish