Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari endi Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim oladi


Samarqand davlat chet tillar instituti Ustavi asosida faoliyat yurituvchi uning rektori I.M.Tuxtasinov va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ustavi asosida faoliyat yurituvchi uning rektori A.M.Reymov o‘zaro shartnoma tuzdilar.

Shartnomaga ko‘ra universitet va institut o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, universitetning 7 nafar talabalasini bir o‘quv semestri davomida (bahorgi semestr) institutda Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va o‘quv rejalariga asosan ta’lim yo‘nalishlariga mos ravishda o‘qitishni tashkil etish, o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Joriy yilning 10-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetidan kelgan 7 nafar talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi va institutdagi fakultetlar, ta’lim tizimi, professor-o‘qituvchilar va talabalar, o‘quv jarayonlari, talabalar turar joylari, ta’lim olishda yaratilgan zamonaviy qulayliklarga ega imkoniyatlar, kutubxona, kompyuter xonalari tog‘risida batafsil tanishtirib o‘tdi va ularning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish