Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTIdagi AQSHning Vebster universitetiga endi 60 nafar talaba qabul qilinadi


Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-2020 o‘quv yilida magistratura ta’lim bosqichida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik  “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish”  (magistraturaga 40 nafar abituriyent qabul qilingan) ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan edi. Hozirda mazkur yo‘nalishda magistrantlar AQSHlik professor DJ Kaiser bilan birgalikda dars jarayonlarini davom etkazishmoqda.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, 2020-2021 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida Vebster universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu ta’lim yo‘nalishiga, ya’ni MA-TESL “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish” dasturiga 60 nafar qabul qilinadi.

Joriy yilning 11-fevral kunida institut rektori Tuxtasinov Ilxom Madaminovich hamda AQSHning Vebster universiteti professori DJ Kaiserlar o‘rtasida tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda 2020-2021 o‘quv yilida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, MA-TESL dasturi (SamDCHTI magistratura ta’lim bosqichida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik  “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi)ga 60 nafar talabani qabul qilishga kelishib olindi. Shuningdek, bakalavriat ta'lim bosqichida yangi yo‘nalish (dastur)larni ochish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish borasida muzokaralar olib borildi.

Bundan tashqari yaqin kelajakda SamDCHTIdagi Vebster universitetining alohida kampusini ochish hamda AQSHning Vebster universitetidan ingliz tili mutaxassislarini jalb etishga kelishildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish