Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

O‘qishni ko‘chirish jarayonlari juda katta qiziqishda davom etib bormoqda


Samarqand davlat chet tillar institutida qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Republikasi fuqarolaridan ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda. Buning uchun institutda yetarli darajada imkoniyatlar yaratilgan.

 

Jumladan, kutish joylari, maslahat markazi, savol-javob xonalari, ariza to‘ldirish xonalari tashkil etildi. Shuningdek, e‘lonlar doskasida kerakli bo‘lgan barcha me’zonlar, rasmiy veb-sahifalar, qarorlar, ogohlantirishlar, kerakli bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatlari, o‘qishni ko‘chirish tartiblari ommaga keng miqiyosida hovola etilmoqda. Shu bilan bir qatorda ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan kelgan mas’ul ishchi guruh vakillari tomonidan yetarlicha berilgan javoblarga ega bo‘lishmoqda. Hozirda jarayon juda katta qiziqishda davom etib bormoqda. 

O‘qishni ko‘chirish to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun

1-qism

2-qism

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish