Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

2019/2020 o‘quv yilining ikkinchi semestri ham muvaffaqiyatli boshlab olindi


Samarqand davlat chet tillar institutida 2019/2020 o‘quv yilining birinchi o‘quv semestri muvaffaqiyatli, shaffof tarzda yakunlandi. Bu borada institut rahbariyati vakillari tomonidan juda ko‘plab samarali ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yakuniy nazorat imtihon jarayonlarining shaffof, adolatli va xolisona tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida institut rektorining 18-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi, mazkur buyruq asosida maxsus ishchi guruh tashkil etildi va yakuniy nazorat jarayonlari sinchiklab, muntazam ravishda o‘rganilib borildi. Shu qatorda institut matbuot xizmati tomonidan talabalar bilan anonim hamda ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi, talabalardan yakuniy nazoratlar yuzasidan xulosalar olindi. Mazkur holatlar materiallari keng jamoatchilikka yetkazildi.

2019/2020 o‘quv yilining ikkinchi semestri ham shijoat va g‘ayrat bilan boshlab olindi. Institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bag‘oyatda xursandchiliklar ila zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv xonalarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda dars jarayonlarini davom etkazishmoqda.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish