Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Imom Abu Mansur Moturidiy ilmiy merosining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 13-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan “Imom Abu Mansur Moturidiy ilmiy merosi xaftaligi” munosabati bilan Markaz nashrlari hisoblangan “Samarqand allomalari”, “Alouddin al-Usmandiy as-Samarqandiy” va “Ibrohim Saffor Buxoriy” kabi kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar va keng jamoatchilik ishtirokida bo‘lib, jarayonni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Jarayon doirasida Markaz direktori Sh.Ziyodov, Markaz bo‘lim boshlig‘i B.Amonovlar so‘zga chiqishdi va Moturidiyning ilmiy, hayotiy faoliyati, “Ta’viloti ahli-Sunna” asarining mazmun-mohiyati, Kalom ta’limoti taraqqiyotida Imom Moturidiyning qo‘shgan hissasi hamda uning ilmiy merosini o‘rganib kelayotgan ilmiy tadqiqotchilar to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tishdi.

Markaz rahbariyati tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutiga Imom Moturidiyning ilmiy asarlaridan kitoblar jamlanmasi sovg‘a tariqasida tuhfa etildi.

Yuqorida nomlari keltirilgan asarlar taqdimotidan ko‘zlangan asosiy maqsad – xalqimizni, xususan, yoshlarni ma’rifatga chorlovchi kitobxonlikka chaqirish, Ona Vatanga, moddiy-ma’naviy merosimizga va tarixiy qadriyatlarga bo‘lgan ma’rifatni oshirishdan iborat.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish