Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDCHTI rektori “Yuksalish” umummilliy harakatiga a’zo bo‘ldi


Jadal ravishda faoliyatini davom etkazayotgan “Yuksalish” umummilliy harakatining Samarqand viloyat bo‘linmasi rahbari Sh.Jo‘raqulov Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda institut rektori I.Tuxtasinov kirish so‘zni boshlagan holda “Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy vazifalari to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi. Jumladan,

  • Harakat davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishda ko‘maklashish maqsadida fuqarolar, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar, shuningdek, Nodavlat va notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi;
  • Xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yadi;
  • Jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantiradi;
  • Milliy, mintaqaviy va xalqaro miqiyosda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi;
  • Zamonaviy hamda yuksak salohiyatga ega mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda jamiyatning intellektual zahirasini shakllantiradi;
  • Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini monitoring qiladi, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazadi.

Uchrashuv davomida “Yuksalish” umummilliy harakatining Samarqand viloyat bo‘linmasi rahbari Sh.Jo‘raqulov o‘z nutqida tashkilotning maqsad-vazifalari to‘g‘risida batafsil bayon qilish bilan birga harakat faoliyatiga qiziqish bildirgan talabalar tomonidan berilgan savollarga va munosabatlarga atroflicha javob hamda ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Shuningdek, institut rektori I.Tuxtasinovga tashkilotga a’zo bo‘lganligini bildiruvchi maxsus sertifikat taqdim etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish