Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDCHTI talabalarining ruhiy holatlari o‘rganildi


Joriy yilning 13-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Nurmatova, institut psixologi J.Saydullayev, institut yoshlar yetakchisi E.Raxmatovlar tashabbusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida inson ruhiy holati, ruhiy zo‘riqishdan chiqish yo‘llari kabilar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar berildi. Jumladan, jarayon doirasida ishtirokchi talabalardan psixologik testlar olindi va psixotrenglar orqali talabalarning ruhiy holatlari aniqlandi. Shuningdek, ularga psixologik yondashilgan holda konsultatsiyalar hamda tavsiyalar berildi.

Ushbu jarayon talabalarda psixologik qiziqishni uyg‘otganligi tufayli seminar-treninglar muntazam ravishda o‘tkazilib borilishi ma’lum qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish