Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Jahonning kuchli 100 taligiga kiruvchi oliygohlar SamDCHTI bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi


Sizga ma’lumki, Samarqand davlat chet tillar instituti xorijning ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini samarali olib bormoqda. Shu qatorda hozirgi vaqtda mazkur institutga 30 ga yaqin xorijlik mutaxassislar jalb etilgan hamda ular o‘z faoliyatlarini davom etkazib kelishmoqda.

Joriy yilning 21-fevral kunida Jahonning kuchli yuztaligiga kiruvchi Berlin ozod universitetining (Germaniya) Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetidagi vakolatxonasi direktori Tobias Shtudeman va Berlin ozod universiteti professori Teoxaris Grigoriadislar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi, shuningdek, institut rahbariyati vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

O‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va jadal ravishda rivojlantirish, hamkorlikda ta’lim sohasiga doir loyihalarni amalga oshirish, kelgusida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar malakasini oshirish kabilar yuzasidan uchrashuv davomida muzokaralar olib borildi.

Rasmiy uchrashuvdan so‘ng Tobias Shtudeman va Teoxaris Grigoriadislar professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda talabalar ishtirokida seminar-trening o‘tkazishdi. Jumladan, seminar-trening davomida Teoxaris Grigoriadis “Chinese dialects and economic data” mavzusida xitoy tili o‘qituvchilari uchun o‘z taqdimotini ham o‘tkazdi.

Institut rahbariyati vakillari mehmonlarga mazkur amaliy tashabbuslari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish