Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTI professor-o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning Warwick universitetida malaka oshirishadi


Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha menejeri Jonatan French joriy yilning 28-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

Jonatan French hamda institut rektori I.Tuxtasinovlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuv doirasida ikkala oliygohlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini jadal ravishda rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Buyuk Britaniyaning Warwick universitetidan SamDCHTIga ingliz tili o‘qituvchilarini jalb etish hamda SamDCHTIda faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy ingliz tili o‘qituvchilarini Warwick universitetiga tajriba oshirishga yuborish kabilar yuzasidan fikr hamda takliflar almashinildi.

Uchrashuvdan so‘ng institut ingliz tili o‘qituvchilari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Jarayon davomida Warwick universiteti faoliyati, ta’lim tizimi, o‘qituvchilar hamda talabalari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, malaka oshirishdagi ehtiyoj yuqori bo‘lgan mavzular hamda yo‘nalishlar haqida fikrlar almashinildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish