Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Rossiya Federatsiyasi oliygohlari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Qanday samara beradi?


Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida “Zahiriddin Muhammad Boburning intellektual merosi va hozirgi kun” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiya tashkilotchilari sifatida MDU,  Moskvadagi Davlat Sharq muzeyi, SamDCHTI hamda Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAUlari ishtirok etishdi.

Konferensiyaning tantanali ochilishi va yalpi majlisi Davlat Sharq muzeyida oʻtkazildi hamda uni Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti direktori prof. I.I.Abilgaziyev ochib berdi. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi B.Z.Asadov va Davlat Sharq muzeyining direktori prof. A.V.Sedovlar ham konferensiya ishtirokchilarini tabriklab, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladilar.

Mazkur konferensiyada Samarqand davlat chet tillar institutidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F.Sh.Ro‘ziqulov boshchiligidagi vakillar Boburning yurtimiz ravnaqi hamda adabiyot va turkiy tillarning rivojlanishida qo‘shgan hissasi to‘g‘risdagi taqdimot chiqishlari  bilan ishtirok etishdi. Konferensiya ishida 15 dan ortiq mamlakatdan olimlar qatnashishdi. Institutimiz professor-olimlarining ma’ruzalari eng yaxshi ma’ruzalar sifatida e’tirof etildi.

Kelgusida Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkam ravishda o‘rnatish, xususan, o‘quv adabiyotlari va darsliklar yaratish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini tashkil etish, ularning malakasini oshirish, shuningdek, ikkala oliy ta’lim muassasalarida yozgi maktablarni ochishga kelishib olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish