Bosh sahifa Yangiliklar Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar

Savol-javob aksiyasining navbatdagi turi


Institut matbuot xizmati hamda institut Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusida tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatayotgan “Jurnalist-talaba” klubi a’zolari tashabbusida o‘zbek xalqining faxrli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida savol-javob aksiyasining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi.

Aksiya davomida talabalar bilan o‘tkazilayotgan savol-javob jarayonlarida shoira Zulfiyaxonimning hayot faoliyati, ijodi tog‘risidagi savollarning 5 tasiga to‘liq javob bergan iqtidorli talabalar badiiy asarlar, romanlar hamda shoiraning asarlari aks ettirilgan kitoblar bilan taqdirlanishdi. Bunda fakultet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarining aksiya homiysi ekanligini ham alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish