Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Sohada haligacha davom etayotgan, chirkin illat sanalmish korrupsiyaning ildizini kesib tashlash mumkinmi?


Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.

So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.

 Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 4-mart kunida Samarqand davlat universitetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan uchrashuvda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, Oliy Majlis senatori B.J.Matmurodovlar ishtirok etishdilar.

Jarayon davomida ta’lim tizimida chirkin illat bo‘lib, salbiy ta’sir qilib haligacha davom etayotgan korrupsiyaning ildizini kesib tashlash, besh muhim tashabbus doirasida yurt kelajagi bo‘lmish talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun yetarli darajada imkoniyatlar yaratish, ta’lim tizimi va ta’lim jarayonining sifatini yetarli darajada takomillashtirish, buning uchun sohada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning taklif va fikr-mulohazalarini o‘rganib chiqish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish