Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Ukraina Muftiysi Sheix Ahmed Tamim: “Men shunday ulug‘ maskanda bo‘lib turganimdan Allohga shukur aytaman”


“Yosh jurnalist” klubi a’zosi Niyatulla Kalniyazov xabari

2020-yilning 3-4 mart kunlari Samarqand shahri yana bir yirik xalqaro ilmiy konferensiyaga mezbonlik qildi. Dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan 80 nafar islom dinining ulamolari, muftiylar va professorlari ishtirok etgan ushbu xalqaro konferensiya Imom Abu Mansur Moturidiyning boy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish hamda Moturidiya ta’limotiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Ushbu Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad Moturidiya ta’limotini chuqur o‘rganish va bugungi kunda yuzaga kelayotgan diniy masalalardagi muammolar va tushunmovchiliklarni bartaraf etish, islom dinining noto‘g‘ri talqinda targ‘ib qilinayotganligi sababli dunyoda yuz berayotgan mudhish hodisalarning oldini olishga qaratilgan. Konferensiya davomida ishtirokchilar kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha ma’ruza qilishdi.

Konferensiya so‘ngida barcha ishtirokchilar Imom Buxoriy va Imom Abu Mansur Moturidiy ziyoratgohlariga tashrif buyurib Qur’on-tilovat qilishdi. Bundan tashqari, mehmonlar Imom al Buxoriy majmuasi huzuridagi Oliy Hadis Maktabida bo‘lishib, u yerdagi yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni va ish faoliyati bilan keng miqiyosida tanishib o‘tishdi.

– Men bugun Samarqand shahrida bo‘lib turganimdan juda ham xursandman, ushbu tashkil etilgan xalqaro konferensiya Imom al Buxoriy va Moturidiy kabi buyuk insonlarning abadiy qo‘nim topgan joylarini ziyorat qilishimga imkoniyat yaratdi, – deydi Ukraina Muftiysi Sheix Ahmed Tamim.  – Men shunday ulug‘ maskanda bo‘lib turganimdan Allohga shukur aytaman. 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish