Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDCHTIda xorijlik mutaxassislar soni necha nafarni tashkil etadi?


Sizga ma’lum, Samarqand davlat chet tillar institutida 30 dan ortiq yetuk xorijlik mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu mavzuda avval ham juda ko‘p bora ta’kidlab o‘tganmiz va yana ta’kidlaymiz. Negaki, respublika bo‘ylab o‘z faoliyatini ko‘rsatayotgan OTMlar ichida bu borada SamDCHTI oliy o‘rinda turadi.

Dolkun Nuslaty Shahidiy Xitoy Xalq Respublikasidan. Xitoy tili fani o‘qituvchisi. Ko‘p yillar davomida Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida xitoy tili mutaxassisi sifatida faoliyat ko‘rsatib keldi va muvaffaqiyatli yakuniga yetkazdi. Shuni ham alohida aytib o‘tishni joiz deb bildikki, hozirda SamDCHTIda 14 nafar xitoylik mutaxassislar o‘z faoliyatlarini davom etkazishmoqda.

SamDCHTI rahbariyati vakillari Dolkun Nuslaty Shahidiyni kuzatish oldidan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko‘rsatgan xizmatlari hamda samarali faoliyati uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi, shuningdek, “SAMARALI FAOLIYATI UCHUN”  sertifikati va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlashdi. Bu borada yana bir alohida jihatga e’tibor qaratish kerakligi bejiz emas, chunki 2019-yilda Qozog‘istonda 7 davlatning 40 dan ortiq OTMlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan xalqaro fan olimpiadasida xitoy tili bo‘yicha SamDCHTI talabasi Charos Xamdamova  birinchi o‘rinni olib qaytgan.

Dolkun Nuslaty Shahidiy yurtiga qaytish oldidan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti “Yaqin Sharq tillar kafedrasi”ga 10 dan ortiq xitoy tili darsliklari hamda o‘quv adabiyotlarini tuhfa qildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish