Bosh sahifa Yangiliklar Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar

Lider qizlar festivali: Lider qiz o‘zi kim?


Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz tili-I fakulteti talabasi Barno Ruzikulova joriy yilning 1-mart kuni boʻlib oʻtgan “Respublika lider qizlar” festivalida ishtirok etdi. Mazkur festival mamlakatimizda ayollar rolini yanada oshirish, gender tengligi muvozanatini saqlash maqsadida tashkil etilgan.

Jumladan, davlat rahbarining qaror va farmoyishlarida koʻzda tutilgan barcha loyihalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ushbu festivalda barcha viloyatlaridan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, shuningdek,  oʻqish va jamoat ishlarida iqtidoriga ega bo‘lgan, faollik ko‘rsatgan barcha lider qizlar o‘z qobiliyatlarini namoyish etishdi.

Jarayon doirasida oʻzbek ayolining siymosi, taniqli shoira Zulfiyaxonim Isroilovaning qabri ziyorat qilinib, xotirlab o‘tildi. Shuningdek, lider qizlar oʻzlarining loyihalari bilan ishtirok etib, oʻzaro fikr-mulohazalar va takliflar almashishdi

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish