Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Oliy ta’lim: muammo, yechim, samarali natija


Samarqand davlar chet tillar instituti

Mamlakatimizda ta’limning barcha bo‘g‘ini, ayniqsa, oliy ta’lim tizimini islohot qilishga katta e’tibor berilmoqda. Bundan o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, bilim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bilim maskanlariga yoshlarning qamrovini tobora oshirish kabilar ko‘zlangan.

Rivojlanayotgan mobil mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda Samarqand davlat chet tillar institutida yangi ta’lim yo‘nalishlari filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek, turk, fors, indonez va hind tillari) va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar hamda turizm xavsizligi bo‘yicha xodimlar, bojxona uchun tarjimon-referentlar, temir yo‘l va aviatashuv xizmatlari uchun tarjimon-referentlar tayyorlanmoqda. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Polsha, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Indoneziya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Ukraina, Latviya, Qozog‘iston, Belarus, Tojikiston bilan hamkorlik aloqalarini davom etkazib kelmoqda.

Institut TEMPUS, Erasmus Mundus, Erasmus+ , JICA, KOICA, DAAD, GOTHE instituti, Fulbright, British Council, Italiya tashqi ishlar vazirligi granti, XXR hukumati grantlari, Konfutsiy instituti grantlari va turli xorijiy davlatlar elchixonalari loyihalarida faol qatnashmoqda.

Lekin tan olish kerak, oliy ta’lim tizimida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar talaygina. Tajribamdan kelib chiqib, muammolarga yechim bo‘ladigan takliflarimni bildirmoqchiman. Jumladan, mintaqa talabidan kelib chiqib, institut bazasida maktabgacha, umumiy o‘rta, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy tillar mutaxassislari, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish kerak. Bu orqali xorijiy tillar bo‘yicha sohada uzviylik va uzluksizlik hamda pedagogik ta’lim platformasi yaratiladi, buyurtmachilar talabi asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlashga erishiladi. Unda xorijiy yetakchi OTM professor-o‘qituvchilar ishtirokida seminar, trenning, vebinar, ochiq mahorat darslari tashkil etilishi mumkin.

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingda mavqei va jozibadorligini yanada oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun (tillar kesimida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, doktoranturaga maqsadli grantlar ajratish kerak. Bunda xorijiy talabalarning harajatlari to‘liq (bepul ta’lim, yotoqxona, oylik stipendiyalar, aviachiptalar) yoki qisman (bepul ta’lim va yotoqxona) qoplab beriladi. Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ham ta’lim grantlari joriy etish, xorijiy talabalarning harajatlari to‘liq (bepul ta’lim, yotoqxona, oylik stipendiyalar, aviachiptalar) yoki qisman (bepul ta’lim va yotoqxona) qoplab berish yaxshi samara beradi. Xorijiy hamkor universitetlar uchun ham ta’lim grantlarini joriy qilish lozim. Bunda xalqaro tajribani o‘rgangan holda xorijiy davlat grantlarining muqobili sifatida o‘zimizning milliy maqsadli va nodavlat tashkilotlarining fondlari, jamg‘armalari ta’lim grantlarini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari orqali ta’siz etish ham ijobiy natija beradi.

Respublikamiz OTMlarining hozirgi xalqaro reytingining pastligi hamda barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va doktoranturada ingliz yoki rus tillarida o‘qish imkoniyatining mavjud emasligi xorijliklarni yetarlicha jalb etishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu bois xalqaro grant tashkilotlari tajribasidan kelib chiqib, ta’lim grantlarining maqsadiga ko‘ra guruhlari (target group)ni ko‘paytirish lozim.

Masalan, qisqa muddatli o‘quv kurslari uchun (1 haftadan 4 haftagacha), talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun (1 oydan 3 oygacha), stajirovka uchun (3 oydan 6 oygacha), milliy ta’lim yo‘nalishlari uchun (bakalavriat, magistratura, doktorantura. 1 yildan 4 yilgacha), mustaqil ilmiy tadqiqot faoliyati uchun (1 oydan 6 oygacha) xorijiy grantlarni ajratish ham ijobiy samaradorlikni ta’minlaydi.

Qolaversa, milliy manfaatni ko‘zlagan holda O‘zbekistonda turizm, ta’lim, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarga yechim topishga xizmat qiluvchi grantlar ajratish ham yaxshi natija beradi. Bunda xorijlik ilmiy izlanuvchi, mutaxassis tanlov asosida olinadi va undan natija talab etiladi.

Ta’lim grantlarining maqsadiga ko‘ra Sharqiy Osiyo (XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya), Buyuk Britaniya, Yevropa va Amerika mamlakatlari talabalari uchun ma’lum turdagi grantlar ajratish lozim. Bunda qo‘shni davlatlar talabalari uchun alohida imkoniyatlar berib, rivojlangan davlatlar talabalari uchun asosan qisqa muddatli stipendiyalarni taklif etish maqsadga muvofiq.

chop etish