Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

TTJ: Eng namunali xona vakillariga kitob sovg‘a qilindi


Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi  talabalar bilan haftaning har payshanba kuni uchrashuvlar o‘tkaziladi. Uchrashuvlar institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, fakultet dekanlari hamda dekan o‘rinbosarlari  tomonidan tashkil etiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad talabalarning hayot tarzi, yashash sharoiti, yaratilgan imkoniyatlarning unumli foydalanayotganligi, kutubxona va kompyuter xonalaridan foydalanishning tartib-qoidalari hamda mavjud holat yuzasidan talabalarning fikrlarini o‘rganishdir.

2020-yil mart oyining ikkinchi payshanba kuni talabalar turar joyida muntazam o‘tkazilib kelinayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi va talabalarning fikrlari mas’ullar tomonidan tinglandi. Jumladan, 4-qavat 420-xonada istiqomat qiluvchi O.Bahriddinova, L.Fayzullayeva, U.To‘ychiyevalar “Eng namunali xona” nominatsiyasini qo‘lga kiritishdi. Mutasaddilar tomonidan ularga yoshlarni kitobxonlikka kengroq jalb qilish maqsadida kitob tuhfa etildi. 19-mart kuni kim, qaysi xona vakillari kitoblarga ega bo‘lishar ekan. Kutib qolamiz.

G‘oya muallifi Asilbek Abduraimov

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish