Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Hashar – elga yarashar


Hashar – xalqimizning azaliy an’analaridan bo‘lib, umumjamoaviy masalalarni hal qilish, ya’ni, mahalla-ko‘yning ozodaligini ta’minlash, qariyalar, yordamga muhtojlar, bemorlarning holidan xabar olib turish, beva-bechoralarga yordam ko‘rsatish, yetimlarning boshini silash kabi xayrli ezgu amallarni o‘zida ifoda etadi. Bu galgi umumxalq hasharining gashti, fayzi o‘zgacha. Zero, xalqimiz Navro‘z – umummilliy bayram, sharqona yangi yilni ko‘tarinki, a’lo kayfiyatda kutib olish va nishonlashga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Navro‘z bayrami munosabati bilan 14-15 mart kunlari yurtimiz bo‘ylab keng miqiyosida umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda. Navro‘z umumxalq bayramini munosib ravishda nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hukumat farmoyishi qabul qilingan.

Mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda bo‘lgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Xususan, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘zlariga biriktirilgan joylar ya’ni, viloyat yoshlar istirohat bo‘g‘ri, institut hovlisidagi ochiq maydonlar, o‘quv binolari, kutubxonalar va talabalar turar joylarida ishtiyoq bilan hashar tadbirlari olib borilmoqda.

Shuningdek, institut jamoasi daraxtlarni oqlash va tagini yumshatish, ochiq maydonlarga daraxt ko‘chatlarini ekish, o‘quv binolari hovlilarini obodonlashtirish, o‘quv xonalarini ozoda holatga keltish, ochiq maydonlarni yumshatib, gul ko‘chatlari ekish kabi ishlarni amalga oshirishmoqda. Hashar tadbirlari hali davom etmoqda.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish