Bosh sahifa Sahifa

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining hamkorlik aloqalari


Hamkorlik aloqalari. Kafedra O‘zDJTU, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, shuningdek respublika oliy ta’lim muassasalaridagi Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedralari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni va PQ-4884 “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori asosida Samarqand viloyatinining Pastdarg’om va Nurobod tumanlaridagi 22-45-77-102-umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yildi. Hamkorlik doirasida maktab o’qituvchilarining malakasini oshirish, o’quvchilarni chet tillarni o’rganishga qiziqtirish, ularning oliy ta’limga qamrovini oshirish chora tadbirlarini ishlab chiqishda maktablar bilan hamkorlik qilish, institut talabalarining maktablarda amaliyotini yo’lga qo’yish kabi bir qator o’zaro hamkorlik faoliyat sohalari nazarda tutilgan.

2020-2021-o’quv yilidan boshlab Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining o’zaro hamkorligi yo’lga qo’yildi. Hamkorlik doirasida 2+1 qo’shma dasturi orqali Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi bakalaviatura bosqichi talabalarini o’qitish yo’lga qo’yildi.  

Kafedra manzili: Samarqand shahri, Gagarin ko’chasi, 43-uy. Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti o’quv binosi.

chop etish