Bosh sahifa Yangiliklar

Uzoq sharq tillari kafedrasi ilmiy-uslubiy faoliyati


Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

“Uzoq sharq tillari” kafedrasining prof.-o’qituvchilari kafedraning «Sharq tillarining nazariy va amaliy masalalari» deb nomlangan ilmiy yo’nalishi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. O’zMU, O’zDJTU, ToshDShI, Nizomiy nomidagi TDPUda shuningdek, Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi ta’lim markazi, Seul Milliy Universiteti, Chonnam, Cheju, Dongkuk, Hanbat, Pusan Milliy Universitetlari hamda Chungbu, Chunbuk Davlat Universitetlari (Janubiy Koreya), Xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi, Yaponiya hukumatining xalqaro “JICA” hamkorlik agentligi, Tsukuba Universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilib, unda Uzoq sharq tillari kafedrasi professor-o’qituvchilari o’z ilmiy maqolalari, tezislari bilan ishtirok etib kelishmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

Uzoq sharq tillari kafedrasida professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbolli rejasi tuzilgan bo’lib, rejaning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi natijasi o’laroq kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ayni paytda turli nufuzli ilmiy jurnallar va anjumanlarda ko’plab ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. Tasdiqlanlangan reja doirasida kafedradagi ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida bir qator yosh o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2011-2018 yillar davomida SamDChTI va Koreya Respublikasining o’quv-ilmiy markazlari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida kafedraning bir qator professor-o’qituvchilari ushbu xorijiy o’quv-ilmiy markazlarida o’z malakalarini oshirib qaytdilar.

Uzoq sharq tillari kafedrasida 2011-2018 yillar davomida Koreya Respublikasidan 15dan ortiq malakali xorijiy mutaxassislar faoliyat ko’rsatgan bo’lib, ularning barchasi koreys tilini o’qitish huquqini beradigan xalqaro sertifikatlar asosida dars berib kelishgan. Bugungi kunda kafedrada 1 nafar koreyalik mutaxassis faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

chop etish