Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Samarqand davlat chet tillar instituti binolari dezinfeksiya qilindi


2020-yilning 16-mart kuni respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida ham tahsil oluvchi talabalarga har xil infeksiyalarning oldini olish maqsadida muddatdan oldin ta’til e’lon qilinganidan barchangiz xabardorsiz.

Mazkur munosabat yuzasidan joriy yilning 17-mart sanasida institutining barcha o‘quv binolari, o‘quv xonalari, 600 o‘rinli talabalar turar joyi, oshxonalar, xodimlar ishxonalari sanitariya-epidemiologiya mutaxassislari tomonidan dezinfeksiya qilindi. Hech qanday havotirga, sarosimaga tushishga hojat yo‘q. Tez orada bu amaliy ishlarning ijobiy xulosasini ko‘ramiz. Muhimi vahimaga tushish kerak emas.

Institut xodimlari, rahbariyat vakillari hamda mutasaddi tashkilot vakillari tashabbusida mazkur amaliy ishlar birdamlikda uyushqoqlik bilan olib borilishi davom etadi.
 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish